/ Virtual ATS

Biznes uchun virtual ATS — uskunasiz, 20 daqiqada ulanadi

Dial.uz — bulutli virtual ATS: kiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroqlar, IVR menyu, navbatlar, suhbat yozuvi va analitika bitta panelda. Serverga ham, ofisga ham qo'shimcha uskuna kerak emas.

  • 20 daq.ulash vaqti
  • 7 kunbepul sinov
  • 24/7texnik yordam
  • 4 soatSIP raqam tayyor bo'ladi

Virtual ATS nima?

Virtual ATS (bulutli ATS, VATS, cloud PBX) — kompaniyaning telefon stansiyasi internet orqali ishlaydigan xizmat. Qo'ng'iroqlar bulutda qabul qilinadi, kerakli bo'limga yo'naltiriladi va xodimlarga taqsimlanadi. Xodimlar kompyuter yoki telefondan ishlaydi.

An'anaviy ATS'dan farqi: qimmat jihoz, kabel tortish va maxsus mutaxassis kerak emas. Raqamlar va xodimlar sonini kerak bo'lganda o'zgartirish mumkin.

Dial.uz virtual ATS imkoniyatlari

  • Kiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroqlarni bitta paneldan boshqarish
  • IVR menyu: masalan, «1 — savdo, 2 — yordam»
  • Navbatlar: qo'ng'iroqlar bo'sh xodimlarga ketma-ket taqsimlanadi
  • Barcha suhbatlarni yozib olish va saqlash
  • Qora ro'yxat: keraksiz raqamlarni bloklash
  • O'tkazib yuborilgan qo'ng'iroqlarga avtomatik qayta qo'ng'iroq
  • Qo'ng'iroqlar, xodimlar samaradorligi va yuklama bo'yicha real vaqtdagi analitika
  • amoCRM, Bitrix24 va Webhook orqali CRM integratsiyasi
  • Telegram bot: qo'ng'iroqlar va balans haqida bildirishnomalar

Kimlar uchun mos

Sotuv bo'limlari, kichik call-markazlar, xizmat ko'rsatish kompaniyalari va bir nechta xodim bilan ishlaydigan har qanday biznes. Boshlash uchun Start tarifi yetarli, jamoa o'sgach Biznes yoki Pro'ga o'tish mumkin.

Qanday ulanadi

  1. 01Ro'yxatdan o'ting7 kunlik bepul sinov bilan boshlang.
  2. 02Raqamni oling78 kodli SIP raqamni 4 soatda beramiz yoki mavjud raqamingizni ulaymiz.
  3. 03SozlangMutaxassislarimiz IVR, navbat va xodimlarni 20 daqiqada sozlab beradi.
  4. 04Qo'ng'iroqlarni qabul qilingTexnik yordam 24/7 ishlaydi.

Narxlar

Tayyor tariflar oyiga 220 000 so'mdan boshlanadi: Start — 4 xodim, Biznes — 8 xodim, Pro — 15 xodim. Hammasida CRM integratsiyasi bor. Kerak bo'lsa, ichki raqam, liniya va navbatlarni o'zingiz tanlab hisoblaysiz.

Barcha narxlarni ko'rish →

Tez-tez beriladigan savollar.

Virtual ATS uchun maxsus uskuna kerakmi?

Yo'q. Virtual ATS bulutda ishlaydi, uskuna va server shart emas. Internet va kompyuter yoki telefon yetarli.

Virtual ATS ni ulash qancha vaqt oladi?

Akkaunt va sozlamalarni 20 daqiqada ulab beramiz. Yangi 78 kodli SIP raqam shartnoma tuzilgach 4 soatda tayyor bo'ladi.

Virtual ATS narxi qancha?

Tariflar oyiga 220 000 so'mdan: Start — 220 000, Biznes — 400 000, Pro — 700 000 so'm. Birliklarni alohida tanlash ham mumkin.

CRM bilan ishlaydimi?

Ha. amoCRM, Bitrix24 va Webhook orqali tayyor integratsiyalar mavjud. Qo'ng'iroqlar, yozuvlar va mijoz ma'lumotlari CRMga avtomatik tushadi.

Avval sinab ko‘rish mumkinmi?

Ha, 7 kunlik bepul sinov beriladi.

  /  Boshlash

7 kun bepul sinab ko'ring.

Ro'yxatdan o'ting — mutaxassislarimiz hammasini 20 daqiqada sozlab beradi.

  • 78 kodli SIP raqamni o'zimiz beramiz
  • ATS joyida faollashadi, kutish yo'q
  • Maxsus texnik bilim talab qilinmaydi
  • amoCRM, Bitrix24 va Webhook integratsiyasi
  • 24/7 texnik yordam

Ariza qoldiring

Menejerimiz tez orada bog'lanadi.

SIM-karta raqamlari (Ucell, Beeline, Mobiuz, Uzmobile) ulanmaydi — o'rniga SIP raqam beramiz.